Buyuklar hikmatlari

Омадсизлик – бу якун эмас балки жараённинг бир бўлагидир.

****************************************************M************************************

Sizning bugungi qaroringiz ertangi
kunga ta’sir etmay qolmaydi

************************************************M****************************************

​​Hech bir kishi tap-tayyor holda, ya’ni keragicha shakllangan holda dunyoga kelmaydi, lekin uning hamma hayoti to‘xtovsiz harakatdagi taraqqiyot, doimiy shakllanishdan boshqa narsa emas.

ⓒ V. G. BELINSKIY .

*******************************************M*******************************************

Mazmunli So’zlar:
● Ҳалол яшаш – игна билан қудуқ қазиш бўлса, ҳаром яшаш – белкурак билан ўзига қабр кавлашга тенг…

**********************************************M******************************************

Қуйидагилар беш нарса орқали билинади:
1. Дарахт – меваси пишганда;
2. Аёл – эри камбағаллашиб қолганида;
3. Ростгўй киши – қийинчилик вақтида;
4. Мўмин – синов келганида;
5. Сахий – унга одамларнинг ҳожати тушганида.

******************************************************M**********************************

#Haqiqat
Bu dunyoda adolat yo’q deyishadi.Yo’q,adolat bo’lgan bor va bo’ladi ham,lekin uni ko’rishni istaydiganlar juda kam.
Korrupsiya (poraxo’rlik)hayotimizni barbod qilayapti,lekin eng yomoni farzandlarimiz, kelajagimiz ham mana shu muhitda katta bo’lyapti.
Biz buyuk va porloq kelajak qurmoqchi ekanmiz,eng avvalo o’zimiz hamma sohada farzandlarimizga o’rnak bo’lishimiz zarur

***********************************************************M*****************************

Onajonim

Garchi hayot o’tkinchi lekin katta dars ekan,
Men bersam qarz emas-u ular bersa qarz ekan
Har qadamda do’stimdan o’zim bilmay pand yesam.
Do’st deganim do’st emas faqat onam do’st ekan.
Yo’q emish menda yurak, menda ko’ngil yo’q emish.
Ular sevsa sevgiyu, men sevsam havas ekan.
O’ylar edim barchani bir xil deya, teng deya
Lekin ular go’yo tog’, men bir oddiy xas ekan.

***********************************************************M*****************************

Осмонларда Парвоз Айлаб …

🏃➡ Қанотларинг катталиги мухим эмас,
сенинг уча олишинг мухим!

🏃➡ Бировнинг устидан ғийбат қилиб, билмаган холда ўзинг етук эмаслигингни билдириб қўясан.

🏃➡ Қуёш минглаб ховлиларни ёритади,
Лекин деворларни олиб ташланг, ўшанда ёруғлик бир эканлигини кўрасиз!

🏃➡ Олам –бизнинг фикр ва ўрнатмаларимиз проекциясидир.
Соябонингни олиб қўй ва ёмғир тугайди..

🏃➡ Хатто 100 маротаба қилган синовдан кейин ҳам хафа бўлиш керак эмас, ахир 101чиси сенинг ҳаётингни ўзгартириб юбориши мумкин!

🏃➡ Орзу билан уйқуга кет- мақсад билан уйғон!

🏃➡ Улар биз учун –ҳаётимизнинг бир вароғи,
Биз эса улар учун –уларнинг бутун ҳаётларидирмиз!

🏃➡ Агар ҳаётингизда мақсадингиз бўлмаса, ҳеч бўлмаганда энг кичкинасини амалга оширинг, иштаха тамадди вақтида келади!

🏃➡ Йўлни ҳаракат қилган енгади!

🏃➡ Ҳаётда ҳеч қандай мураккаб нарса йўқ. Биз ўзимиз мураккабмиз.

🏃➡ Ҳаёт-бу оддий нарса, ва унда қанча соддароқ бўлинса, шунча тўрироқдир.

🏃➡ Донолик бошқаларни бошқаришда эмас, ўзини бошқаришдадир.

🏃➡ Келажакка иккита қараш бор.
Бири – ваҳима билан, иккинчиси –олдиндан лаззатланиш билан.

🏃➡ Битта яхши гап қишда уч ой иситиши мумкин.

🏃➡ Ҳар бир одам ўз ҳаётининг ёзувчиси бўлмоғи лозим, бировникининг ўқувчиси эмас.

🏃➡ Ўз хотирангизни хафагарчиликлар билан ахлатламанг, бўлмаса у ерда ажойиб дамлар учун жой қолмаслиги мумкин.

🏃➡ Учта мухим қоидани ёдингда тут: ёлғизликда -фикрларингни назорат қил. Оилада- хулқ — атворингни. Танишлар орасида – тилингни.

🏃➡ Хотиралар билан яшаманг, бунинг учун бутун қарилик вақти бор. Хотираларни хозир яратинг.

🏃➡ Ёмоннинг якуни – яхшининг боши.

🏃➡ Ҳаёт жала тугашини кутиш учун эмас. У
ёмғир тагида ўйнаш учун.

🏃➡ Кеча бўлган –аллақачон тарихга айланган. Эртага нима бўлади – ҳеч ким билмайди. Бугунги кун – тухфа.

*********************************************************M*******************************

Sizni o’rab turgan voqelik- bu fikrlaringiz mahsulidir.
Har doim hayotingiz tasavvuringizdan boshlanadi.

*********************************************************M*******************************

Taqdirning tuhfalari sayohatning boshida emas, oxirida bo’ladi.

 

******************************************************M**********************************

         Agar maqsadsiz bo’lsang hech narsa qilolmaysan, maqsading katta bo’lmasa buyuk ish qilolmaysan!

*******************************************************M*********************************

MILLIARDERLAR birinchi bo’lib atrofiga miyya markazini tuzib oladi. Biznesda miyya markazi ya’ni sheriklar pul oqimini kvadrantini boshqarishadi!
J Rokfeller

     ****************************************************M************************************

Bilimni buyuk, o’quvni ulug’ deb bil,
Bu ikkisini tanlagan badasini ulug’laydi,
Zakovat qayerda bo’lsa, ulug’lik bo’ladi,
Bilim kimda bo’lsa, buyuklik oladi.

Yusuf Xos Hojib

********************************************************M********************************

Muvaffaqiyatga erishimizdagi yakka- yu yagona sir bu — orzu qilishni bas qilib , harakat qilishni boshlashimizdir.

********************************************************M********************************

Muvaffaqiyat- bir necha muvaffaqiyatsizliklardan keyin ham taslim bo’lmaslik.
Yulduz nur sochishi uchun ham qorong’ulik zarur.

********************************************************M********************************

Har bir tun bu yangi bir yorqin tongdan dalolatdir!

********************************************************M********************************

Agar siz kambag’al bo’lib dunyoga kelsangiz bu sizning xatongiz emas.
Ammo kambag’al bo’lib bu dunyoni tark etsangiz bu- sizning aybingiz.
*****************************************M********************************

PUL hamma qulfning kaliti, u har qanday qulfni ochaoladi, u har qanday masalani yecha oladi, tog’ri ba’zi narsalarni emas lekin dunyodagi 95% narsani sotib olsa bo’ladi.

***********************************************M********************************

‘Dunyo tarixidagi birinchi ​MILLIARDER’ Rokfeller pulga nisbatan qanday fikirlar ekan ?
👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇
1° Pulingizni iqtisod qiling, Olmoqchi bo’lgan narsangiz uchun doim savdolashing va arzon joyni qidiring. Doim ro’yhat tuzing, ro’yhatda yo’q narsalarga pul sarflamang.

2° Agar pulingiz kam bo’lsa biznes qilishingiz kerak. Agar pulingiz umuman yo’q bo’lsa, siz darhol biznes boshlashingiz kerak, hoziroq!

3° Katta boylikka yo’l passiv keluvchi foydadan iborat. Passiv foyda — bu sizning harakatingizsiz ham sizga kelib turuvchi daromaddir.

4° Passiv foyda hosil qilish uchun harakat qiling.

5° Muloqot qiling! Pullar sizga insonlar orqali keladi. Muloqotsiz insonlar kamdan-kam hollarda boylikka erishadilar.

6° Boy va muvaffaqiyatli insonlar hayoti, faoliyati haqida o’rganing!

7° Orzu — hayotingizdagi eng kerakli narsa. Orzular amalga oshishiga ishoning va umid qiling.

8° Insonlarga yordam bering. Pul uchun emas, chin qalbdan yordam bering!

******************************************M********************************

Balki pul baxt keltirmasligi mumkin, ammo pulsizlik aniq baxtsizlik olib keladi !
Boy bo’lishni istasangiz zudlik bilan pulga nisbatan fikiringizni o’zgartiring

*********************************M*******************************

Dunyoning muvaffaqiyatli Insonlaridan biri Stiv Jobs muvaffaqiyatining 12ta judayam sirli qoidasi bilan tanishing

Stiv Jobs muvaffaqiyatining 12 sirli qoidasi

Stiv Jobs — hozirgi kunda dunyoning eng kuchli ishlab chiqaruvchi kompaniyalaridan birining asoschisi. Uning muvaffaqiyatlari afsonaga aylandi. U asrab olingan bola, oʻsmirligida kollejda 6 oy oʻqigandan soʻng, uni tashlab ketgan, shunday boʻlsada doʻstlarining yotoqxonasida polda yotib yurgan, qornini toʻydirish uchun Coca-Coladan boʻshagan idishlarni 5 sent evaziga yigʻib sotgan insondir. Bu inson — Apple va Pixar animatsiya studiyasini tuzgan. Quyida uning 12 muvaffaqiyatga erishish qoidasi keltirilgan:

1°. Sevimli ishing bilan shugʻullan. Haqqoniy harakat qil. Haqiqiy buyuk ishlar qilishning yagona yoʻli, bu — sevimli ish bilan shugʻullanish.

2°. Boshqacha boʻl. Boshqacha oʻyla. Harbiy matros boʻlgandan koʻra, qaroqchi boʻlgan afzal.

3°. Qodir boʻlganingdan koʻra yaxshiroq qil. Har qanday ishda imkoningdagidek muvaffaqiyatga erishishing mumkin. Uxlama! Muvaffaqiyat yanada kuchli muvaffaqiyatni olib keladi. Muvaffaqiyatlardan rohatlan! Mukammallashishni sevadigan insonlar bilan ishla!

4°. SWOT-tashxis oʻtkaz. Yangi kompaniyang paydo boʻlsa, oddiy qogʻozga uning kuchli va kuchsiz taraflarini yozib chiq. Kompaniyadan chirigan olmalarni chiqarib tashlashdan qoʻrqma.

5°. Qarorlarni tezda qabul qil. Har safar yangi katta maqsadlarga intil. Tez va hal qiluvchi harakatlarni talab qiluvchi gʻoyalar yigʻindisini top va ushbu oynaga sakra. Eng qiyini — birinchi qadamni tashlash. Sunchaki birinchi qadamni tashla. Hissiyotlaring va yuragingni shunga majbur qil.

6°. Kichigidan boshla, lekin kattasi haqida orzu qil. Bir vaqtda koʻpgina ishlar bilan shugʻullanma. Boshida oddiy koʻp boʻlmagan ishlar bilan shugʻullan. Bosqichma-bosqich qiyinlariga oʻtib bor. Doimo kelajak haqida oʻyla.

7°. Bozorda lider boʻlishga harakat qil. Foydalanmasang ham, oldingda doimo eng soʻngi texnologiyalar tursin va nazorating ostida boʻlsin. Agar eng soʻngi versiyadagi texnologiya boʻlsa ham, hech kim foydalanmasa ham, undan foydalan. Standart ishlab chiqarishda ushbu texnologiyalardan birinchi boʻlib foydalan.

8°. Natijalarga erishishga diqqatingni qarat, chunki koʻpgina odamlar sening ishingning natijasiga qarab baho berishadi. Sifat namunasi boʻl. Bir qancha odamlar ish borish jarayonini koʻrishni xohlashmaydi, balki ishchilardan natijani kutishadi. Shuning uchun raqobatbardosh yutuqlaringni reklama qil. Koʻpchilik inson bu xususiyatlarni bilmasa, mahsulotingni sotib olmaydi. Asosiy diqqatingni dizaynga qarat.

9°. Har xil manbalar bilan ikki tomonlama aloqa oʻrnatishga harakat qil. Har bir inson senga nimadir foydali narsani aytishi mumkin. Birinchi navbatda, kim sening mahsulotingdan foydalansa, oʻshaning fikrini eshit.

10°.Yangilik kirit. Aynan liderlar tashabbuskorligi bilan boshqalardan farq qilishadi. 50 vaqtingi yangi narsalar qilishga sarfla, qolgan 50 ni boshqa rahbarlar uchun qoldir. Vaqtingni koʻp sarflab qoʻymaslik uchun minglab goʻyalarga yoʻq deyishni oʻrgan. Haqiqiy muhim gʻoyalarga diqqatingni qarat. Bu dunyoda yaxshi narsalarni yaratishga harakat qiluvchi insonlarni ishga ol. Innovatsion mahsulotlar yaratishga asoslangan korporativ madaniyatni hosil qil. Koʻpgina kompaniyalarda koʻplab ajoyib injenerlar va aqlli odamlar ishlashadi, lekin ularni birlashtiruvchi kuch kerak boʻladi.

11°. Xatolaringdan saboq chiqar. Baʻzida yangilik kiritib, xato qilasan. Eng yaxshisi, xatolaringni tan ol. Agar ushbu yangiliging boshi berk koʻchaga borib qolsa, kuchingni boshqa innovatsiyalarni yaxshilashga yoʻnaltir.

12°. Muntazam oʻrgan. Har doim bilish kerak boʻlgan yana «bir narsa» boʻladi. Kompaniyangdan tashqaridagi boshqa odamlar bilan gʻoyalaring bilan fikrlashib tur. Xaridorlaring, raqobatchilaring va hamkorlaringdan oʻrgan. Agar hamkoring odamlar boʻlsa, ularni yomon koʻrsang, yaxshi koʻrishni oʻrgan. Ularni maqta va bundan foyda chiqar. Dushmanlaringni ochiq, ammo halol tanqid qilishni oʻrgan!

**********************************************M********************************

Comments are closed.